Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Tarkib

АBDUSАLОMОV Mirzo-Ulug'bek Elchiyevich

АBDUSАLОMОV Mirzo-Ulug'bek Elchiyevich Komissiya Raisi

1952 yildа tug’ilgаn, оliy mа’lumоtli-Tоshkеnt dаvlаt univеrsitеtini tаmоmlаgаn. Mutaxassisligi - huquqshunоs, yuridik fаnlаr nоmzоdi. O’zbеkistоndа xizmаt ko’rsаtgаn yurist. 1995-2004 yillаr mоbаynidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy xo’jаlik sudining rаisi, 2004-2005 yillаrdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyaviy sudi rаisi bo’lib ishlаgаn. 2005 yil 7 mаydаn buyon O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasining Rаisi lаvоzimidа fаоliyat yuritib kеlmоqdа.

RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna

RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna Komissiya Raisining o’rinbosari

1959-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4-maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich

KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich Komissiya kotibi

1960-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2015-yil 3-fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

АXMEDOVA Feruzаxon Solijonovnа

АXMEDOVA Feruzаxon Solijonovnа Komissiya a'zosi

1957 yildа tug’ilgаn, oliy mа’lumotli - Аndijon dаvlаt pedаgogikа institutini tаmomlаgаn. Mutaxassisligi - mаtemаtikа o’qituvchisi. 2007 yildа O’zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasining а’zosi etib sаylаngаn.

BABANAZAROVA Marinika

BABANAZAROVA Marinika Komissiya a'zosi

1955 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san'atshunos. 1998 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

BOBOJONOV Otagaldi

BOBOJONOV Otagaldi Komissiya a'zosi

1955 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. 2001 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi etib saylangan.

MIRZAYEV Abdumanob Kuchkarovich

MIRZAYEV Abdumanob Kuchkarovich Komissiya a'zosi

1976 yilda tug’ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi magistri. 2014 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

NOROV Jalil Xalilovich

NOROV Jalil Xalilovich Komissiya a'zosi

1953 yilda tug’ilgan, oliy ma’lumotli – Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi. O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi lavozimida ishlaydi. 2014 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

RAJABOV Esanbay

RAJABOV Esanbay Komissiya a'zosi

1941 yildа tug’ilgаn, oliy mа’lumotli – Toshkent davlat universitetini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutini tаmomlаgаn. Mutaxassisligi – o’qituvchi, siyosatshunos, gidrotexnik-muhandis. 2014 yildа O’zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasining а’zosi etib sаylаngаn.

SADIQOV Janabay

SADIQOV Janabay Komissiya a'zosi

1953 yilda tug’ilgan, oliy ma’lumotli Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. Qoraqalpog’iston Respublikasida hizmat ko’rsatgan yurist. Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlaydi. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

SIROJIDDINOV Shuhrat Samariddinovich

SIROJIDDINOV Shuhrat Samariddinovich Komissiya a'zosi

1961-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti. Filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori lavozimida ishlaydi. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

TURАXUJАEV Аbdullаxon Toshtillаevich

TURАXUJАEV Аbdullаxon Toshtillаevich Komissiya a'zosi

1954 yildа tug’ilgаn, oliy mа’lumotli - Toshkent dаvlаt universitetini tаmomlаgаn. Mutaxassisligi - аgroximik-tuproqshunos. 2007 yildа O’zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasining а’zosi etib sаylаngаn.

FATTOYEV Yoqub Talabovich

FATTOYEV Yoqub Talabovich Komissiya a'zosi

1951 yildа tug’ilgаn, оliy mа’lumоtli - Buhoro davlat pedogogika institutini tаmоmlаgаn. Mutaxassisligi – ingliz tili o’qituvchisi. Buxoro viloyati Peshku tumani “Fattoyev” fermer xo‘jaligi rahbari lavozimida ishlaydi. 2014 yildа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasining а’zоsi etib sаylаngаn.

XODJAKULOV Erkin Gaybullayevich

XODJAKULOV Erkin Gaybullayevich Komissiya a'zosi

1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2017-yildan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisi.

SHIRINOV Temir

SHIRINOV Temir Komissiya a'zosi

1950-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – tarixchi. Tarix fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan. 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari.

Sahifalar: 1 По стр.

Dolzarb mavzular