Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Saralash
Nomi:
Sana: Выбрать дату в календареВыбрать дату в календаре
  

Yangiliklar

Turkmanistonda Parlament Saylovini Kuzatish

MDH Ijroiya qo’mitasi taklifiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Oybek Soatov va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akmal Raxmonov MDH kuzatuvchilari missiyasi tarkibida  2013 yil 15 dekabrida bo’lib o’tgan Turkmaniston Mejlisi deputatlari saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.

5601

23Dekabr 2013

KONSTITUTSIYA VA SAYLOV QONUNCHILIGI

10 dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida “Konstitutsiya va saylov qonunchiligi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

8993

10Dekabr 2013

Gruziyada Prezidenti saylovini kuzatish

2013 yil 25-29 oktyabr kunlari Gruziya Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Komiljon Adilov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shavkat Boltaev tarkibida O’zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 27 oktyabrida bo’lib o’tgan Gruziya Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.

5429

03Noyabr 2013

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Koreya Respublikasiga tashrifi

Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasining taklifiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov joriy yilning 11- 18 oktyabr kunlari Koreya Respublikasida bo’lib, Butunjahon saylov organlari uyushmasi (BSOU) ta’sis assambleyasi ishida hamda “Saylov jarayonlarini rivojlantirish va demokratiyani mustahkamlash masalalari” mavzusida bo’lib o’tgan saylov organlarining 6-xalqaro konferentsiyasida ishtirok yetdi.

4166

20Oktabr 2013

Ozarbayjon Respublikasida Prezident saylovini kuzatish

Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va MDH Ijroiya qo’mitasi taklifiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Babaev va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Janabay Sadikov MDH Kuzatuvchilari missiyasi tarkibida 2013 yil 9 oktyabr kuni bo’lib o’tgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etdi.

6442

14Oktabr 2013

Markaziy saylov komissiyasi kotibining YeXHT Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kengashi ishidagi ishtiroki haqida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi O.Soatov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining taklifiga binoan joriy yilning 29 sentabr - 3 oktabr kunlari Varshava shahrida (Polshada) bo‘lib o‘tgan YeXHT Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kengashi ishida ishtirok etdi. Xususan u demokratik saylovlar va saylovlarni kuzatish masalalariga bag‘ishlangan ishchi majlisida qatnashdi.

6934

07Oktabr 2013

Davra suhbati

27 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasida “Fuqarolar saylov huquqlarini ta’minlash masalalari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, prokuratura organlari xodimlari, saylov huquqi sohasi bo’yicha mutaxassislar va olimlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

8416

28Avgust 2013

Saylov jarayonini demokratlashtirish – fuqarolarning saylash huquqlarini amalga oshirishning muhim omili

Joriy yilning 16-17 may kunlari Xivada “Saylov jarayonini demokratlashtirish sohasida xalqaro amaliyot va O’zbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan yeXHTning O’zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Milliy demokratiya instituti (AQSH) filiali va Fridrix Ebert nomidagi jamg’armaning (GFR) mintaqaviy vakolatxonasi ko’magida tashkil etildi.

12347

23May 2013

Saylov jarayonini yanada demokratlashtirish yo‘lida

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda saylov jarayonini yanada demokratlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

13036

30Aprel 2013

Respublika seminari

19 aprel kuni Toshkentda O‘zbekistonda saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tadi.

6067

18Aprel 2013
Sahifalar: 1 2 След. Все

Dolzarb mavzular