Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Ochiqlik va oshkoralik saylovning muhim sharti

2016-yil 21-sentyabr kuni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahonaxborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Uzreportaxborot agentligi bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini yoritish togrisida ikki tomonlama bitimlar imzoladi.

 3.JPG

Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda otkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.

 6.JPG

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.

 10.JPG

Bitimlarni imzolashga bagishlangan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov otgan yillardagi saylov kampaniyalari mobaynida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishning barcha bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish boyicha katta tajriba toplanganini takidladi.

 12.JPG

Bitimlar saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli qoidalarini, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlar va saylov jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va saylov qonunchiligi sohasidagi olim va ekspertlar bilan suhbatlar uyushtirish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish, saylov kampaniyasi to‘g‘risida xorijiy mamlakatlar davlat va jamoat arboblari, ekspert va tahlilchilari, ommaviy axborot vositalari vakillarining fikr-mulohazalari bilan mamlakatimiz aholisini doimiy ravishda tanishtirib borish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan.

 16.JPG

Imzolangan bitimlarni amalga oshirish doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyatini izchil yoritib borish, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun ularning saylovoldi dasturlari qoidalarini, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanishining muhim masalalariga taalluqli mustaqil nuqtai nazarlarini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, shu jumladan, teng hajmda efir vaqti va nashr maydoni ajratish yoli bilan keng va teng imkoniyatlar yaratishga alohida etibor beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini

yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

10383

21Sentabr 2016



Dolzarb mavzular