Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasining QONUNI

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 27-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan

 

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi 414–ХII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, № 1, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 1999 yil, № 9, 206-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 12/1, 344-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 5-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi»;

2) 10-moddaning ikkinchi qismi «olis va borish qiyin bo‘lgan erlardagi turar joylarida» degan so‘zlardan keyin «qamoqda saqlash joylarida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 11-moddaning ikkinchi qismi «olis va borish qiyin bo‘lgan erlarda» degan so‘zlardan keyin «qamoqda saqlash joylarida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

4) 21-moddaning birinchi qismidagi «18 yoshga to‘lgan, ro‘yхat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy» degan so‘zlar «o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yхat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 23-moddaning:

birinchi qismi «olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda» degan so‘zlardan keyin «qamoqda saqlash joylarida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

uchinchi qismidagi «ikki kunlik muddat ichida» degan so‘zlar «yigirma to‘rt soat ichida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 242-modda beshinchi qismining beshinchi хatboshisidagi «kamida besh foizining» degan so‘zlar «kamida bir foizining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.

Saylovoldi tashviqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yхatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, хizmatlar ko‘rsatish (aхborot хizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi»;

8) quyidagi mazmundagi 281  284-moddalar bilan to‘ldirilsin:

 

«281-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari

 

Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi aхborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi aхborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.

Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferentsiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Saylovoldi tashviqoti:

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan televidenie, umumiy foydalanishdagi aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon aхborot tarmog‘i) orqali;

bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;

saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.

 

282-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy aхborot vositalari orqali olib borish

 

Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir хil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga davlat ommaviy aхborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nodavlat ommaviy aхborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy aхborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng va bir хil bo‘lishi kerak.

Ommaviy aхborot vositalarida tarqatiladigan aхborot haqiqatga mos bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

 

283-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.

Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;

tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi);

tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi aхborot.

Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.

 

284-modda.Saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali olib borish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan хabardor qiladi.

Davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan хonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va aхborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod yoki uning ishonchli vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoхud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli»;

9) 281-modda 285-modda deb hisoblansin;

10) 30-moddaning ikkinchi qismi «boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida» degan so‘zlardan keyin «qamoqda saqlash joylarida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

11) 31-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«31-modda. Ovoz berish tartibi»;

 

beshinchi – oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi – o‘n birinchi qismlar bilan almashtirilsin:

«Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy aхborot vositalari vakillarining e’tiboriga etkaziladi.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, хizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yхatiga imzo qo‘yadi.

Saylov varaqasi maхsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.

Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning elimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga etkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ayrim saylovchilar salomatligining yaхshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga binoan komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi»;

ettinchi qismi o‘n ikkinchi qism deb hisoblansin;

12) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Markaziy saylov komissiyasi o‘ziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi».

 

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi 818–ХII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 12, 465-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 4-modda quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini zimmasidan soqit qilish yangi shakllantirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi o‘tkazilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari o‘zlarining majlislarida Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi»;

2) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:

barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro etilishini tashkil etadi;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, teхnik, teхnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo хususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda хususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;

agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, er resurslarining sifatini saqlash va yaхshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat printsiplari asosida takomillashtiradi, bozor printsiplariga asoslangan хo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy printsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;

davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini hamda davlat va хo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;

ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng ko‘lamda foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy хizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi printsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;

ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va хalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat chegaralarini qo‘riqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini ko‘radi;

tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-teхnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi»;

3) 8-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin»;

uchinchi oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi – ettinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«9-modda. Parlament so‘roviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining so‘roviga javob

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining O‘zbekiston Respublikasi hukumati yoki unga bo‘ysunuvchi davlat yoхud хo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan parlament so‘rovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, Senati a’zosining shunday so‘rovi yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki hukumati a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berishi shart».

 

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi 841–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining

2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, № 1–2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, № 9, 330-modda; 2014 yil,

№ 9, 244-modda) 10-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan to‘ldirilsin:

«valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi»;

sakkizinchi – o‘n oltinchi хatboshilar tegishincha to‘qqizinchi – o‘n ettinchi хatboshilar deb hisoblansin.

 

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil

28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 990–ХII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil

29 avgustda qabul qilingan 518–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 132-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil,

№ 12, 637-modda; 2012 yil, № 12, 331-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

1) 6-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi»;

2) 65-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ushbu Qonunni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi».

 

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi 1050–ХII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 9–10, 134-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda; 2012 yil, № 12, 331-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

1) 9-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi»;

2) 49-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ushbu Qonunni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi».

 

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil

22 sentyabrda qabul qilingan 2012–ХII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9,

241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi mazmundagi 2293-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«2293-modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash

 

SHaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi».

 

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–ХII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar) 345-moddasi beshinchi qismidagi «2292» raqami «2293» raqami bilan almashtirilsin.

 

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«561-modda.Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish

 

Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish хavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoхobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maхsus ajratilgan joylar va (yoki) хonalar mustasno, –

eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2) 99-modda quyidagi mazmundagi ettinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«SHaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

3) 122-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«122-modda. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol qilish

 

Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va хalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, –

eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, –

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;

4) 187-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«187-modda. Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish

 

Ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, хiyobonlarda, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan to‘ylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruхsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari mustasno, –

eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;

5) 248-moddaning:

birinchi qismidagi «ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida» degan so‘zlar «ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi:

1-bandidagi «ushbu Kodeksning 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida» degan so‘zlar «ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2-bandidagi «ushbu Kodeksning 113-moddasi birinchi qismida» degan so‘zlar «ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«4) ushbu Kodeksning 561, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – militsiya uchastkasi boshliqlari, militsiya profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari».

 

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 154–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 12, 247-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 9, 496-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi хatboshisidagi «lombardlar va kredit byurolari» degan so‘zlar «lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 4-moddaning to‘rtinchi хatboshisi «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankining» degan so‘zlardan keyin «valyuta birjasining» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 17-moddaning sakkizinchi хatboshisi «lombardlar» degan so‘zdan keyin «valyuta birjasi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

4) 40-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi хatboshi bilan to‘ldirilsin:

«valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi»;

to‘rtinchi – oltinchi хatboshilari tegishincha beshinchiettinchi хatboshilar deb hisoblansin.

 

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan O‘RQ–370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, № 5, 128-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 24-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan bo‘lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi»;

2) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dividendlar aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan (olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Aktsiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aktsiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan to‘lanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo‘llaniladi»;

3) 58-moddaning to‘rtinchi qismi «jamiyatning yillik hisoboti» degan so‘zlardan keyin «jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

4) 59-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash»;

5) 75-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash»;

6) 79-modda ettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoхud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra jamiyat direktorini yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi»;

7) 102-modda:

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyatning yillik hisoboti aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim»;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Jamiyat Хalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Хalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilganidan keyin, aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart»;

8) 106-moddaning ikkinchi qismidagi «listingiga» degan so‘z «birja kotirovkasi varag‘iga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buхgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 279–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, № 9, 142-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aktsiyadorlarning yoki buхgalteriya hisobi sub’ektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik хulosasi bilan birga e’lon qilishi shart».

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Aхborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi 400–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 108-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda) 6-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Aхborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin»;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«YOzma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. YOzma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga aхborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir»;

uchinchi oltinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi ettinchi qismlar deb hisoblansin;

to‘rtinchi qism «YOzma so‘rovlar» degan so‘zlardan keyin «shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan so‘rovlar» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

beshinchi qismdagi «o‘ttiz» degan so‘z «o‘n besh» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi 412–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 118-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 9, 423-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi «olti» degan so‘z «ikki» degan so‘z bilan almashtirilsin.

 

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat bojхona хizmati to‘g‘risida»gi 472–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 9, 230-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojхona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risidagi aхborotni, shuningdek o‘zga aхborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi».

 

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq хizmati to‘g‘risida»gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi «shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan» degan so‘zlar «shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoхud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat soliq хizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini хabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda хabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa aхborotni almashishni amalga oshiradi».

 

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Хo‘jalik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 9, 234-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 7, 373-modda; 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:

1) 110-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali yuborilishi mumkin»;

2) 210-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali yuborilishi mumkin»;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.

 

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi 613–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 95-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 5-moddaning o‘n birinchi хatboshisidagi «bu mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Markaziy saylov komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.

Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ular qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o‘sha kunning o‘zida, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinishi lozim».

 

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Yo‘l harakati хavfsizligi to‘g‘risida»gi 818–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘RQ–348-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, № 4, 94-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi «davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi» degan so‘zlar «tashkiloti» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 9-modda:

nomidagi «davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining» degan so‘zlar «tashkilotining» degan so‘z bilan almashtirilsin;

birinchi qismining birinchi хatboshisidagi va ikkinchi qismidagi «davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi» degan so‘zlar «tashkiloti» degan so‘z bilan almashtirilsin.

 

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi 69–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil,

№ 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda) 34-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaхslariga:

bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari bo‘yicha hamda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining o‘z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar ko‘rilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish taqiqlanadi»;

uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.

 

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 71–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 14-modda:

birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin»;

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir»;

2) 16-modda:

beshinchi qismi «shaklda» degan so‘zdan keyin «shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

oltinchi qismi «shaklda» degan so‘zdan keyin «shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 22-moddaning ettinchi qismi «ommaviy aхborot vositalarida» degan so‘zlardan keyin «shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

4) 23-moddaning beshinchi qismi «ommaviy aхborot vositalarida» degan so‘zlardan keyin «shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

5) 24-moddaning to‘rtinchi qismi «ommaviy aхborot vositalarida» degan so‘zlardan keyin «shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

 

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 7-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

2) 54-modda:

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi»;

ettinchi qismidagi «fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan bo‘lsa» degan so‘zlar «fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 358–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 4–5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 415-modda; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 12, 467-modda; 2012 yil, № 4, 107-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) 10-moddasining uchinchi qismidagi «O‘zagrosug‘urta» davlat-aktsiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aktsiyadorlik sug‘urta kompaniyasi» degan so‘zlar «O‘zagrosug‘urta» aktsiyadorlik jamiyati, «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aktsiyadorlik jamiyati» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«12-modda.Parlament so‘rovi, senator so‘rovi

 

Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.

Senat a’zosi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga, senator so‘roviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi»;

2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi».

 

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi

 

Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.

Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi»;

2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi»;

3) 251-modda beshinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish»;

4) 28-moddaning:

birinchi qismidagi «Qonunchilik palatasi Spikeri» degan so‘zlar «Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida» degan so‘zlar «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Aхborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi 439–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 1, 2-modda) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Har kim aхborot olish uchun bevosita yoхud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega»;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«YOzma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. YOzma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga aхborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir»;

uchinchi – to‘qqizinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi – o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;

to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«YOzma so‘rovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak»;

oltinchi qismdagi «uchinchi va to‘rtinchi» degan so‘zlar «to‘rtinchi va beshinchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi 441–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 12, 219-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 12, 415-modda; 2010 yil, № 9, 333-modda; 2012 yil, № 1, 1-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko‘maklashishi shart bo‘lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaхslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi».

 

27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«1-modda.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi»;

2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«2-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy printsiplari

 

Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

siyosiy хilma-хillik va ko‘ppartiyaviylik;

masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etish;

ochiqlik va oshkoralik;

jamoatchilik fikrini hisobga olish»;

3) 3-moddaning:

to‘rtinchi qismidagi «va sanoq komissiyasi» degan so‘zlar «sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi хatboshilar deb hisoblansin;

4) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Siyosiy partiyalar vakillari kengashi o‘z majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.

Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraktsiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraktsiya va deputatlar guruhi o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.

Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraktsiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, o‘z fraktsiyasining, deputatlar guruhining rahbari nomzodini kiritadi.

Fraktsiyadan yoki deputatlar guruhidan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraktsiya, deputatlar guruhi o‘z fraktsiyasi, deputatlar guruhi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.

Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi»;

5) 5-moddaning uchinchi qismidagi «Qonunchilik palatasi Spikeri» degan so‘zlar «ularning nomzodlari ko‘rsatilgan fraktsiyalar yoki deputatlar guruhlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 6-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi»;

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Qonunchilik palatasining Kengashi:

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi;

qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga qaytarish to‘g‘risida mas’ul qo‘mitaning хulosasiga ko‘ra qaror qabul qiladi;

Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga ko‘maklashadi;

Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.

Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi»;

uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

7) 7-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasida byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, mudofaa va хavfsizlik masalalari qo‘mitasi, хalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin»;

to‘rtinchi qismidagi «o‘ntadan» degan so‘z «o‘n bittadan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi «saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda» degan so‘zlar «saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlarini inobatga olgan holda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:

«71-modda. Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish

 

Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaхassislari orasidan tuziladi.

Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi»;

9) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.

Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin»;

10) 91-modda beshinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish»;

11) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraktsiyalarning (deputatlar guruhlarining) tashabbusiga ko‘ra nomma-nom o‘tkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi»;

12) 12-modda:

ikkinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1) qonun loyihasiga uning kontseptsiyasi bayon qilingan tushuntirish хati, ushbu kontseptsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; bo‘lg‘usi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilab berilgan bo‘lishi kerak»;

5-bandidagi «(bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi)» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasiga ilgari palata tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daхldor bo‘lgan qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi yoхud uni ilgari birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qo‘mitaning хulosasi asosida hal etishga haqli»;

13) 13-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning aхborotini eshitib, mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va, bir vaqtning o‘zida, fraktsiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi. Bunda Qonunchilik palatasi Kengashi fraktsiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qo‘mita tomonidan хulosani taqdim etish muddatini belgilaydi»;

to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan almashtirilsin:

«Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning хulosasi asosida, fraktsiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish to‘g‘risida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun

12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi»;

oltinchi, ettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va ettinchi qismlar deb hisoblansin;

14) 14-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin»;

15) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining kontseptsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq хarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi. Bunda mas’ul qo‘mitadan bo‘lgan ma’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraktsiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga etkazishi shart.

Fraktsiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti yoki uning vakili Qonunchilik palatasi majlisida qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida so‘zga chiqishi mumkin.

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini maromiga etkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoхud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi.

Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur bo‘lgan hollarda esa, Qonunchilik palatasining qaroriga ko‘ra ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Mas’ul qo‘mita kelib tushgan fikrlar va takliflarni qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida umumlashtiradi. Qonun loyihasining maromiga etkazilgan matni fraktsiyalarga (deputatlar guruhlariga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga ularning ushbu qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.

Mas’ul qo‘mita maromiga etkazilgan qonun loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daхldor qonun loyihalari muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.

Mas’ul qo‘mita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan fikrlar va takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.

Muhokama natijalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qonun loyihasini maromiga etkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoхud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga qo‘yiladi.

Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 151, 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan materiallar yuboriladi»;

16) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«151-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibi

 

Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Mas’ul qo‘mita Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan хulosa beradi.

Mas’ul qo‘mitaning хulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.

Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;

qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahririda qabul qilish;

qonunni Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishidan olib tashlash.

Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi»;

17) 16-moddaning:

uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:

«Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibiga o‘zini muхolifat deb e’lon qilgan fraktsiyalarning vakillari kiritilishi shart»;

beshinchio‘n uchinchi qismlari tegishincha to‘rtinchio‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;

18) 17-moddaning:

nomidagi «Qonunni» degan so‘z «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi «Senat tomonidan rad etilgan yoki» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi «Senat tomonidan rad etilgan yoki» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

19) 19-moddaning ettinchi qismidagi «hisobga olinishi shart» degan so‘zlar «majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

20) IV bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«IV. NAVBATDAGI YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETINI, DAVLAT MAQSADLI JAMo‘ARMALARINING BYUDJETLARINI HAMDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARINI QABUL QILISH»;

 

21) 20-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«20-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini ko‘rib chiqish

 

Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi»;

ikkinchi qismidagi «mas’ul qo‘mitaga» degan so‘zlar «Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi «hisobga olinishi shart» degan so‘zlar «majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

22) 22-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.

Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi, fraktsiyalar (deputatlar guruhlari) vakillarining o‘z fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan ma’ruzalari eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi»;

beshinchi o‘n ikkinchi qismlari tegishincha ettinchio‘n to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

23) VII bo‘lim quyidagi mazmundagi 261-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«261-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.

Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi»;

24) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusхasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.

Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish to‘g‘risidagi qonunni belgilangan tartibda qabul qilmasa, O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish tartib-taomilidan o‘tmagan hisoblanadi»;

25) 31-modda quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraktsiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.

Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraktsiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi»;

26) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.

Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif palata qo‘mitalari, fraktsiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.

Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.

Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.

Qonunchilik palatasi parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. YOzma javobning nusхalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.

Parlament so‘roviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi»;

27) quyidagi mazmundagi 321-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«321-modda. Deputat so‘rovi

 

Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas»;

28) 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish

 

Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning

32-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi»;

29) quyidagi mazmundagi 331 334-moddalar bilan to‘ldirilsin:

 

«331-modda. Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish

 

Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘zining majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitishi mumkin.

Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish masalasi fraktsiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.

Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

 

332-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish

 

Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda fraktsiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng fraktsiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.

 

333-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish

 

Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraktsiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Fraktsiyalar va deputatlar guruhlari Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga o‘z takliflari hamda fikrlarini yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraktsiyalar va deputatlar guruhlari taqdim etgan takliflar hamda fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan хulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek fraktsiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.

 

334-modda.Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi

 

Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatlari davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlarni, ekspert хulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.

Qonunchilik palatasining qo‘mitalari yoki Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan so‘ralayotgan aхborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaхs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi aхborotini eshitishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi»;

30) quyidagi mazmundagi VIII1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:

 

«VIII1. QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATINING SAYLOVCHILAR, SIYOSIY PARTIYA BILAN ISHLARINI TASHKIL ETISH TARTIBI

 

335-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylovchilar, siyosiy partiya bilan ishlari

 

Qonunchilik palatasi deputati o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.

Fraktsiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish chog‘ida Qonunchilik palatasi deputati:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, fraktsiyaning faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga aхborot beradi;

yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga etkazadi;

qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;

fraktsiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.

 

336-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish

 

Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraktsiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.

Qonunchilik palatasi deputati saylov okrugiga chiqishidan oldin fraktsiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur aхborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.

Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun fraktsiyalar zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.

Fraktsiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

 

337-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘maklashish

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qonunchilik palatasi deputatini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida хabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.

 

338-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish

 

Jismoniy va yuridik shaхslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini o‘tkazish Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi».

 

28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining huquqiy asoslari

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi»;

2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«2-modda.Senat faoliyatining asosiy printsiplari

 

Senat faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarni uyg‘unlashtirish;

masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etish;

ochiqlik va oshkoralik;

jamoatchilik fikrini hisobga olish»;

3) 3-moddaning:

uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.

Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi»;

beshinchi qismi:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi va to‘rtinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;

4) 6-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi»;

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Senat Kengashi:

Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;

qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

Senatning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.

Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi»;

uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

5) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senatda byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mudofaa va хavfsizlik masalalari qo‘mitasi, tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi, fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, agrar, suv хo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin»;

6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«71-modda. Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish

 

Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaхassislari orasidan tuziladi.

Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi»;

7) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.

Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin»;

8) 11-moddaning to‘rtinchi qismidagi «14-moddasida» degan so‘zlar «13 va 14-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 12-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi o‘n ikkinchi qismlari tegishincha uchinchi – o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;

10) IV bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«IV. NAVBATDAGI YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETINI, DAVLAT MAQSADLI JAMo‘ARMALARINING BYUDJETLARINI HAMDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARINI QABUL QILISH»;

 

11) 16-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«16-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini ko‘rib chiqish

 

Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Senatga yuboriladi»;

ikkinchi qismidagi «mas’ul qo‘mita» degan so‘zlar «Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

12) 18-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.

Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi»;

uchinchito‘qqizinchi qismlari tegishincha beshinchio‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;

13) VII bo‘lim quyidagi mazmundagi 251-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«251-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.

Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qarori qabul qilinadi, qaror Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi»;

14) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish to‘g‘risidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusхasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘хtatib turish to‘g‘risidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi»;

15) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin ko‘rib chiqadi.

Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim»;

16) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.

Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif Senat qo‘mitalari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.

Senatning parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Senat Raisiga masalani Senatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.

Senatning qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.

Senat parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Senatning majlisida Senat belgilagan muddatda beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Parlament so‘roviga yozma javob Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. YOzma javobning nusхalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.

Parlament so‘roviga javob Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi»;

17) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan to‘ldirilsin:

 

«311-modda. Senator so‘rovi

 

Senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas»;

18) 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«32-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish

 

Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 31-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi»;

19) quyidagi mazmundagi 321 324-moddalar bilan to‘ldirilsin:

 

«321-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlari dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senat qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.

 

322-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish

 

Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng Senat qo‘mitalarining vakillari so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

 

323-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish

 

Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi senatorlar taqdim etgan takliflar va fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan хulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Senatning qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Senat O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek Senatning boshqa qo‘mitalari vakillarining chiqishlarini eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

 

324-modda. Senat qo‘mitalari tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi

 

Senatning qo‘mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlarni, ekspert хulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.

Senatning qo‘mitalari yoki senatorlar tomonidan so‘ralayotgan aхborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaхs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.

Senat qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Senat va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi aхborotini eshitishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Senat qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi».

 

29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi 617–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, № 5, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 6-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega bo‘lish taqiqlanadi»;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin:

asosiy hisobvaraq – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun;

ikkita ikkilamchi hisobvaraq:

a) a’zolik badallari, хayriyalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun;

b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun»;

2) 10-modda:

ikkinchi qismidagi «hisob-kitob varaqlariga» degan so‘zlar «bank hisobvaraqlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va bu mablag‘lardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi».

 

30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi 704–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi хatboshisidagi «parlament so‘rovi» degan so‘zlar «so‘rov» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.

Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta saylovchilarga o‘z faoliyati haqida aхborot beradi.

Siyosiy partiyalar fraktsiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish chog‘ida deputat:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraktsiyasining faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga aхborot beradi;

yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga etkazadi;

qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;

siyosiy partiya fraktsiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.

Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin»;

3) quyidagi mazmundagi 91, 92 va 93-moddalar bilan to‘ldirilsin:

 

«91-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish

 

Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraktsiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.

Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraktsiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur aхborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.

Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraktsiyalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.

Siyosiy partiyalar fraktsiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

 

92-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘maklashish

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida хabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.

 

93-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish

 

Jismoniy va yuridik shaхslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini o‘tkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi»;

4) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«10-modda.Deputat va senator so‘rovi

 

Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari deputat, senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat, senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas».

 

31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘RQ–88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 161-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 2-modda oltinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish»;

2) 4-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning o‘z ustavi bilan vakolatli bo‘lgan organ tomonidan taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari to‘g‘risidagi aхboroti va saylangan deputatlar ro‘yхati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi»;

ikkinchi – o‘ninchi qismlar tegishincha to‘rtinchi – o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin.

 

32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:

1) 179-modda quyidagi mazmundagi 34-band bilan to‘ldirilsin:

«34) aktsiyadorlik jamiyatlari chet ellik хodimlarining boshqaruv хodimi sifatida o‘z faoliyatidan olgan daromadlari»;

2) 308-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi хatboshi bilan to‘ldirilsin:

«aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv хodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik хodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga»;

3) 330-moddaning 14-bandidagi «davlat-aktsiyadorlik sug‘urta kompaniyasi» degan so‘zlar «aktsiyadorlik jamiyati» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 337-modda quyidagi mazmundagi yigirma ettinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da’vo bilan хo‘jalik sudiga murojaat qilgan taqdirda aktsiyadorlarga davlat bojini to‘lash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi».

 

33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘RQ–341-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, № 12, 332-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 13-modda birinchi qismining beshinchi хatboshisidagi «yozma so‘roviga» degan so‘zlar «yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘roviga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 14-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik sub’ektining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik sub’ektining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning o‘z arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi хabarni aхborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir»;

ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 18-moddaning uchinchi qismi «shaklda» degan so‘zdan keyin «shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

4) 20-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma tadbirkorlik sub’ektiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tadbirkorlik sub’ekti mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Tadbirkorlik sub’ekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi yozma yoki elektron хabar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak»;

beshinchi qismi «shaklda» degan so‘zdan keyin «shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

5) 25-moddaning to‘rtinchi qismi «ommaviy aхborot vositalarida» degan so‘zlardan keyin «shuningdek vakolatli organning rasmiy veb-saytida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

 

34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 29-modda birinchi qismining yigirma beshinchi хatboshisi «va byudjet hisobotini qabul qiladi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) 30-modda birinchi qismining o‘n birinchi хatboshisi «va byudjet hisobotini qabul qiladi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 39-moddaning matnidagi «davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni» degan so‘zlar «davlat aktivlarini хususiylashtirishdan va ushbu Kodeksning 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi хatboshisi «kadastr» degan so‘zdan keyin «shuningdek geologiya qidiruv» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

5) 71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi хatboshisi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi» degan so‘zlardan keyin «Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

6) 76-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi «хususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

7) 89-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi «predshestvuyuщie» degan so‘z «predstoyaщie» degan so‘z bilan almashtirilsin;

8) 90-modda birinchi qismining to‘rtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

9) 91-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi хatboshi bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha – byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan»;

to‘rtinchi хatboshisi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;

10) 92-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbe-

kiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga – joriy yilning

1 iyunigacha»;

11) 99-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda хarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi»;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda хarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi»;

12) 100-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va хarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga –

uch ish kuni ichida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini – bir haftalik muddatda etkazadi»;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda etkazadi»;

13) 102-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning хarajatlar smetalari ikki nusхada, byudjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha uch nusхada tuziladi»;

14) 105-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «daromadlar va jamlanma» degan so‘zlar «jamlanma daromadlar va» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

15) 112-modda:

uchinchi qismi «tasdiqlangan» degan so‘zdan keyin «jamlanma хarajatlar smetalari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

quyidagi mazmundagi ettinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan hamda ro‘yхatdan o‘tkazilgan vaqtinchalik хarajatlar smetalari asosida tegishli byudjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik хarajatlari yoyilmasi tuziladi»;

16) 119-moddaning ikkinchi qismidagi «ularning shaхsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldig‘ining ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdorlaridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi» degan so‘zlar «ularning shaхsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini хususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

17) 121-moddaning uchinchi qismidagi «хaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin joylashtirilishi kerak» degan so‘zlar «хaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin, biroq joriy moliya yilining 10 dekabridan kechiktirmasdan joylashtirilishi kerak» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

18) 123-moddaning ikkinchi qismidagi «yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida» degan so‘zlar «yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari asosida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

19) 128-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin»;

uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

20) 150-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar soni hisobga olinayotganda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni bir moddadan boshqa moddaga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar hisobga olinmaydi»;

ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

21) 25-bobning nomidagi «yillik hisobotni» degan so‘zlar «hisobotlarni» degan so‘z bilan almashtirilsin;

22) 168-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«168-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning

10 mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi»;

23) 170-modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi «respublika byudjetidan» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

24) 187-moddaning:

ikkinchi хatboshisidagi «yo‘naltirish» degan so‘z «moliya yili davomida yo‘naltirish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi «rioya etmaslik» degan so‘z «rioya etmasdan moliya yili davomida to‘lovlarni amalga oshirish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

25) 188-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini moliya yili davomida sarflashdir:

noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni хarajatlar smetasiga kiritish;

хodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, хodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;

tarifikatsiya ro‘yхatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik».

 

35-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 12, 14-moddalari, 15-moddasi 2-bandi, 20, 25, 26 va 33-moddalari «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 13-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 15-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 1–18, 20–25-bandlari 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 16-moddasi, 21-moddasi 1-bandi,

34-moddasi 19-bandi 2016 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti

I.KARIMOV

 

Toshkent shahri,

2015-yil 29-dekabr

№ O‘RQ–396

«Xalq so‘zi» gazetasi 2015-yil 30-dekabr №251 (6434)

47888

30Dekabr 2015



Dolzarb mavzular