Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017 yil 18 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda Aybek Turgunovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolatini bergan yozma arizasiga muvofiq muddatidan ilgari tugatish hamda Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo’shab qolgan o’rinlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo’yicha qo’shma majlislarini 2017 yil 21 avgust kuni tegishincha Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida va Jizzax musiqali drama teatri binosida o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

2089

18Avgust 2017



Dolzarb mavzular