Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi, uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda Mamarizo Nurmuratov, Ximmat Okbutayevning tegishincha xalq deputatlari Jizzax va Samarqand viloyat Kengashlari deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, 27-Jilvon saylov okrugidan saylangan deputat Djamol Nasirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Majlisda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

2588

30Iyun 2017



Dolzarb mavzular