Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi

2017-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ayrim a’zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatdi.

Shuningdek, majlisda Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini 2017-yil 21-yanvar kuni soat 10.00da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

6193

17Yanvar 2017



Dolzarb mavzular