Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘z kuchi va qudratiga ishongan xalq buyukdir

Aleksandr Zavarzin, MDH Ijroiya qo‘mitasi departamenti direktori (Rossiya):

Анатолий Заверзин (МДХ).jpg– Andijon shahridagi 73-, 92-, 38-saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayoni umume’tirof etilgan xalqaro talab va normalar asosida o‘tayotganini kuzatdim. Shahardagi bir qator uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdim, odamlar bilan suhbatlashdim.

O‘zbekiston, jumladan, Andijonda avval ham bo‘lganman. Keyingi yillarda viloyatda katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Andijon shahrining qiyofasi tubdan o‘zgaribdi. Odamlarning kayfiyati nihoyatda yuqori. Albatta, buning asosiy sababi yurtingizdagi tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va to‘kinlikdir. O‘zbekiston mustaqillik yillarida Birinchi Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Toshkentdan Andijonga buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tashabbusi bilan Qamchiq dovoni osha ishga tushirilgan temir yo‘l liniyasi orqali tezyurar poyezdda keldik. Baland tog‘lar osha barpo etilgan temir yo‘l, yo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari, yaratilgan landshaft har qanday kishini hayratga soladi. Bunday ulug‘vor ishlarga o‘z kuchi va qudratiga ishongan xalq qodir bo‘ladi. O‘zbekistonda saylanadigan Prezident ham mana shunday taraqqiyot, yuksalish yo‘lidan qat’iy borishiga ishonaman.

Per Emmanuel Tomann, Yevropa xalqaro munosabatlar institutining geosiyosiy tadqiqotlar bo‘yicha direktori (Belgiya):

Пьер Эммануэль Томанн 1.jpg– Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilgani, ovoz berishda fuqarolar faolligini alohida ta’kidlamoqchiman. O‘zbekistonda bugungi saylov demokratik tamoyillar, umume’tirof etilgan xalqaro normalar asosida o‘tmoqda. Andijon shahridagi 38-saylov uchastkasida bo‘ldim, bu yerda saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

O‘zbek xalqining samimiyligi, mehmondo‘stligi menda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatda turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari samarasini aholining bugungi tadbirdagi faolligida ham ko‘rish mumkin.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA

5584

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular