Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Toshkent vaqti bilan soat 17.00 ga qadar saylovda 15 million 730 ming nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 17.00 ga qadar saylovda 15 million 730 ming nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 77 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda shu haqda ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya, Singapurdagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi.

Mamlakatimizning Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston, Rossiya, shuningdek, Yevropa va qo‘shni davlatlardagi vakolatxonalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham ochildi.

Mamlakatimizdagi har bir saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar kuzatuvchilari, siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari monitoring qilib bormoqda.

Saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlangan demokratik prinsiplarga muvofiq ravishda o‘tmoqda.

Hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasiga joylardan saylovni o‘tkazish jarayonida saylovga doir qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan xabar va ma’lumotlar kelib tushmadi.

Behzod Bozorov, O‘zA

7393

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular