Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Frederik Starr: Prezident saylovi O‘zbekistonning yangi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, nufuzli olimlar, ekspertlar kuzatib bordi. O‘zA muxbiri amerikalik taniqli olim, J.Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, professor Frederik Starr bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, saylov jarayonlari haqida suhbatlashdi.

5-Фредерик СТАРР.JPG– O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida ulkan yutuqlarga erishdi, – dedi F.Starr. – Bu sohadagi islohotlar izchil davom ettirilayotganini ta’kidlash joiz. Iqtisodiy munosabatlarning leberallashtirilgani, Ombudsman institutining tashkil etilgani ana shunday muhim tadbirlardandir.

Iqtisodiy jabha bilan uyg‘un ravishda sud-huquq sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etiladigan iqtisodiy jinoyatlar uchun tayinlanadigan jazolar liberallashtirilgan.

O‘zbekiston xalqining huquqiy madaniyati yuksalganini Bosh vazirning virtual qabulxonasi misolida ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatning turli hududlaridan fuqarolar bemalol, qiyinchilik va taqiqlarsiz shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega muammo-masalalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh vazirga murojaat qilishi va ularga zudlik bilan yechim topilishi meni quvontirdi. Hukumat ishlarining ochiqligini ta’minlovchi mazkur sa’y-harakat O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivoj topayotganining yaqqol ifodasidir.

Jahon saylov tizimi va jarayonlaridan ma’lumki, barcha uchun yagona, mukammal saylov tizimi yo‘q. Har bir davlat demokratik tamoyillar yuzasidan milliy saylov qonunchiligini yaratadi. 2015-yil dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mamlakatingiz saylov qonunchiligini yanada takomillashtirgan.

O‘zbekiston hukumati tomonidan so‘nggi uch oyda amalga oshirilgan ishlar jiddiy siyosiy mazmun kasb etdi. Prezidentlikka nomzodlar barcha viloyatlarga borib, o‘zlarining dasturlari va aholi farovonligi, mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi takliflari bilan aholini tanishtirdi.

E’tiborga molik jihatlardan yana biri O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning mavjudligidir. Bu aholi turli qatlamlarining intilish va qiziqishlari inobatga olingani, nomzodlar o‘rtasida kuchli raqobat muhiti yaratilganiga dalildir. To‘rt siyosiy partiyaning maqsad va vazifalari, jumladan, ular Prezidentlikka ko‘rsatayotgan nomzodning tarjimai holi, dasturi bilan tanishib amin bo‘ldimki, har biri mamlakatning ma’lum yo‘nalishdagi yutuq va rivojini ko‘zda tutgan.

Toshkent shahridagi beshta saylov uchastkasida bo‘ldim. Fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan xonada yashirin ovoz berish jarayonlarini kuzatdim. Aholining barcha qatlami – yoshlar, keksalar, yosh bolali onalar, nogironlarning birdek ishtirok etganiga guvoh bo‘ldik. Buning uchun ularga hamma sharoit yaratilgan.

O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda turli sohalarda dunyoga o‘zini namoyon qildi. Prezident saylovi mamlakatning yangi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.

Sevara Alijonova, Otabek Mirsotaov (surat), O‘zA

14628

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular