Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Tinch va osoyishta mamlakatda taraqqiyot bo‘ladi

Lesli Vigeri, AQSh elchixonasi missiyasi rahbarining o‘rinbosari:

– Dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan saylovlarda kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etganman. Hech birida saylov va unga tayyorgarlik jarayoni O‘zbekistondagi kabi yuksak darajada tashkil etilganini eslay olmayman. Toshkent shahridagi bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, insonlarning yaxshi kayfiyatda ovoz berayotganini kuzatdim. Xorijiy kuzatuvchilarning faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgani O‘zbekistonda saylov xalqaro normalarga to‘liq muvofiq ravishda, demokratik prinsiplar asosida ochiq va oshkora o‘tayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik xalqingizning eng katta yutug‘idir. Bunday mamlakatda taraqqiyot bo‘ladi. Odamlar ertangi kunga ishonch bilan qaraydi. Aholining saylov jarayoniga qiziqishi, siyosiy bilimdonligi va faolligi juda baland.

Vei Xing, «Real video» yangiliklar onlayn kanali bosh muharriri o‘rnibosari (Xitoy):

– Biz saylovgacha Samarqand va Buxorodagi saylov uchastkalarining tayyorgarligini ko‘rib, yuqori baholadik. Bugun Toshkent shahridagi 591-saylov uchastkasida bo‘ldik. Kun davomida Toshkent shahridagi o‘nga yaqin saylov uchastkasida kuzatuv ishlarini olib borishni rejalashtirganmiz. Saylov juda yaxshi tashkil etilgan. Ayniqsa, saylovchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning kutib olinishi yuqori darajada.

2015-yilgi Prezident saylovida ishtirok etib, jarayonni yoritishda ishtirok etganman. O‘tgan vaqt bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berganiga guvoh bo‘ldim. Oddiygina misol, yo‘llar kengayib, avtomobillar ko‘paygani ko‘rinib turibdi. Svetoforlarga videokameralar o‘rnatilgani, shahar yanada obodonlashtirilib, zamonaviy tusga kirgani tahsinga loyiq. Saylovda o‘tgan yildagidan farqli ravishda press-klub faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi. Bu ham saylov jarayonini yanada liberallashtirish hamda butun dunyo ommasiga yoyishning zamonaviy ko‘rinishi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Masanori Aikyo, Aichi milliy universiteti prezidenti (Yaponiya):

– 14-Toshkent saylov okrugida va bir nechta saylov uchastkasida bo‘lib, aholining ovoz berish jarayonini kuzatdim. Aholi saylovga jiddiy yondashayotgani menda yaxshi tassurot qoldirdi. Saylov ochiq-oshkora, demokratik ruhda o‘tmoqda. O‘zbekistondagi bu qadar yuksalish diqqatga sazovor.

Huquqshunosman. Toshkent davlat yuridik universiteti bilan yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilib, bu yerda Yaponiya markazi tashkil etilgan. Shu o‘rinda O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarini ham ta’kidlab o‘tishni istardim. Mamlakatingiz yoshlari xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyish etmoqda. Yaponiyadagi Nagoya universitetida ta’lim olayotgan o‘zbek yoshlari ko‘p. Kelgusida O‘zbekiston bilan Yaponiya aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, AKT sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan umidvormiz.

Leyla O‘rmonova-Vnikova, Litvadagi O‘zbekiston madaniy markazi direktori:

– Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uchta, Yunusoboddagi ikkita saylov uchastkasida bo‘ldim. Kechga qadar Chilonzor, Mirobod va Shayxontohur tumanlaridagi saylov uchastkalariga borishni rejalashtirganmiz.

Taassurotlarim juda yaxshi. Ertalabdan aholining katta qismi kelib ovoz bergani juda e’tiborli. Saylov uchastkalarida yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Ularning har birida to‘rtta partiyadan ham kuzatuvchilar bor. Saylovchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Ovoz berish kabinalari, nomzodlar haqida ko‘shimcha ma’lumotlar olish uchun imkoniyatlar, hammasi chiroyli yo‘lga qo‘yilgan. Turli millat vakillari kelib ovoz berishi, oilaning kattalari ovoz berayotganda bolalarning xonada mashg‘ulot bilan band bo‘lishi uchun sharoit borligi ham bizga manzur bo‘ldi. Ko‘plab davlatlarda bo‘lganman. Biroq saylovlarda ko‘zi ojiz va nogironlar uchun alohida sharoitlar yaratilganini kuzatganim yo‘q. Bu holat alohida e’tiborimni tortdi. Bu ham insonlarga, xalqqa bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yorqin misolidir.

Sayyora Shoyeva, O‘zA 

9120

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular