Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Bag‘rikeng, qadriyatlar ustuvor yurtda yashayotganimdan faxrlanaman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Namangan viloyatida ham ko‘tarikni kayfiyatda davom etmoqda.

– Bu bino ham ishxona, ham saylov uchastkasi sifatida menga juda qadrdon, – deydi Namangan shahridagi 7-umumta’lim maktabi binosida joylashgan 114-saylov uchastkasida ovoz bergan 72 yoshli mehnat faxriysi Lyudmila Kan. – Bu maktabda qariyb yarim asr davomida yosh avlodga rus tili va adabiyotidan dars berganman. Saylovchi sifatida ham bu yerga ko‘p kelganman. Sobiq tuzum davridagi saylovlar bilan hozirgi saylovni aslo solishtirib bo‘lmaydi. Nomzodning kimligini, nima ish qilishiyu qaysi yurtdan ekanini ham bilmas edik. Bunga ehtiyoj ham bo‘lmagan. Negaki, xohlaysanmi-yo‘qmi, shu nomzodni saylaysan, degan iddao hukmron edi. Bugun har bir saylovchi kimga, nima uchun ovoz berayotganini yaxshi biladi. Saylovoldi targ‘iboti keng yo‘lga qo‘yilgan. Men ham nomzodlarning faoliyati, dasturi bilan tanishdim, o‘yladim, bir qarorga keldim. Mana, hozir o‘sha qarorim tasdig‘ini bildirib, o‘zimga ma’qul bo‘lgan nomzodga ovoz berdim.

Barchamiz uchun yagona Vatan – O‘zbekistonda tinch-osuda va farvon hayot kechirayotganim uchun Yaratganga shukronalar aytaman. Mamlakatimizda barcha millat va elatlar uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Tinchlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, qadriyatlar ustuvor yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.

Akramjon Sattorov, O‘zA 

8270

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular