Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Rossiya Federatsiyasining elchisi bilan uchrashuv

2014 yil 7 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug'bek Abdusalomov Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muхtor elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.

 

Uchrashuv mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish хususida fikr almashildi. Mehmon qonunchilikka kiritilgan va saylov jarayonini yanada demokratlashtirishga, O’zbekistonda saylov tashkil qilish va o’tkazish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan tanishtirildi.

 

Konstitutsiyaning 117-moddasiga tuzatishlarga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining maqomini konstitutsiyaviy mustahkamlab qo’yilishiga, uning mustaqilligining kafolatlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, ochiqlik va oshkoralik asosida qonun talablariga to’la muvofiq ravishda saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishni ta’minlaydigan saylov komissiyalarining mustaqil tizimi amal qilishi milliy saylov tizimining eng muhim хususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, saylovchilarning o’z хohish-irodasini erkin bildirishning muhim shartidir.

 

Ta’kidlanganidek, saylov jarayonining oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash mamlakatimiz hokimiyat organlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning asosiy talablaridan biridir. Bu yilda ham oldingi saylovlarda bo’lgani kabi O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi.

Uchrashuv konstruktiv muloqot va fikrlar almashinuvi ruhida bo’lib o’tdi.

 

2014 yilgi saylovlarni yoritish bo’yicha

Respublika matbuot markazi

4216

07Noyabr 2014



Dolzarb mavzular