Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Evropa ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Evropa ittifoqining mamlakatimizda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik missiyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mehmonlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish jarayoni haqida so’zlab berdi.

 

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda barqaror va izchil rivojlanayotgan siyosiy tizim yaratildi, professional asosda ikki palatali parlament faoliyat ko’rsatmoqda, fuqarolar va siyosiy partiyalarning saylov jarayonida erkin, faol ishtirok etishi uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilgan.

 

Missiyalarning rahbarlari O’zbekistonning saylov jarayonini yanada demokratlashtirishga, saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan saylov qonunchiligidagi yangi me’yorlar bilan tanishtirildi.

 

Shuningdek, barcha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqoti davrida teng sharoitlar yaratilishi saylov qonunchiligining ijobiy belgilaridan biri ekanligi haqida fikr yuritildi.

 

Evropa ittifoqi delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizda saylov amaliyotini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan o’zgartishlarning muhimligini ta’kidladilar.

 

O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi.

 

Uchrashuv mobaynida butun saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini, хalqaro kuzatuvchilarning ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Хalqaro tashkilotlar va chet el davlatlarining ko’p vakillari O’zbekistondagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etish istagini bildirdi.

 

2014 yilgi saylovlarni yoritish bo’yicha

Respublika matbuot markazi

6483

17Noyabr 2014



Dolzarb mavzular