Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Andijonda seminar

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga o‘tkaziladigan saylovlarda xotin-qizlarning o‘rni mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda saylovlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, tashkiliy va huquqiy asoslari, saylovlar jarayonida siyosiy partiyalar qoshidagi “Ayollar qanoti” oldida turgan muhim vazifalar xususida so‘z yuritildi.

 

Tadbirda ayni kunda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr-mulohaza almashildi. Saylov qonunchiligiga oid xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

 

Saylovlarni yoritish bo’yicha

Andijon viloyat matbuot markazi

5570

12Noyabr 2014



Dolzarb mavzular