Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Toshkent shahrida brifing bo'lib o'tdi

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat asoslari tobora mustahkamlanayotgani fuqarolarning huquqlari kafolati kuchayishi va amalda taminlanishiga puxta zamin yaratmoqda. Xususan, eng yuqori demokratik talablarga javob beradigan saylov tizimi barpo etilgani tufayli fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqi tola amalga oshirilayotir.

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasida joriy yilgi saylovga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda shular haqida so‘z yuritildi.

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi raisi F.Mahmudxo‘jayev va boshqalar mamlakatimizda fuqarolar, siyosiy partiyalarning saylov jarayonlarida erkin, faol ishtirok etishi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik sharoitlar, ularning saylov huquqlari to‘liq amalga oshirilishining mustahkam kafolatlari yaratilganini ta’kidladi. Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni ta’minlovchi saylov komissiyalarining yaxlit tizimi tashkil etildi.

 

O‘tgan davrda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga o‘tkaziladigan saylov jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saylovoldi tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, joylarda O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonuniga amal qilinishini nazorat qilish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar saylov komissiyasi a’zolari tumanlarga biriktirildi.

 

Toshkent shahri bo‘yicha saylov uchastkalari va ularning hududiy chegaralari belgilandi. Saylovoldi tadbirlari bilan saylovchilarni keng xabardor etish maqsadida saylov okrugi va saylov uchastkalarining hududiy chegaralari, shahar va okrug saylov komissiyalari tarkibi matbuotda e’lon qilindi.

 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahar telefon tarmoqlari filiali tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalari telefon aloqasi bilan ta’minlandi. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan saylov okruglari va saylov uchastkalarida tegishli o‘rganishlar o‘tkazildi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasi 9-qismiga muvofiq saylovchilarga oid hujjatlar shakllari tasdiqlandi.

 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan mazkur chora-tadbirlar bo‘lajak saylovning ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida o‘tishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Saylovlarni yoritish bo’yicha

Toshkent shahar matbuot markazi

8217

07Noyabr 2014



Dolzarb mavzular