Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

“Saylov va yoshlar” deb nomlangan forum

“Saylov va yoshlar” deb nomlangan forum
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi hamda viloyat saylov komissiyasi hamkorligida “Saylov va yoshlar” deb nomlangan forum bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari yoshlari ishtirok etdi.

 

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda saylovlarning samarali huquqiy negizi yaratilgan bo‘lib, saylov to‘g‘risidagi qonunchilik milliy tajriba va umume’tirof etilgan xalqaro normalar inobatga olingan holda, bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda. Saylov tizimini rivojlantirishning bugungi bosqichi davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq. Konsepsiyada saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qonunchilik tashabbuslari saylov jarayonlarini yanada erkinlashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

 

Aholi, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va ongu tafakkuri o‘zgarib, siyosiy va fuqarolik faolligi, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi ortib borayotgani amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muhim samarasidir.

 

Yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish, islohotlar jarayonida ularning faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan forum viloyat markazidagi Ahmad Farg‘oniy majmuasida boshlandi.

 

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 99-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi hamda Farg‘ona olimpiya zaxiralari sport kollejida joylashgan 710-saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishdi. Saylov qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar, saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

 

Forum doirasida Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Saylov va yoshlar” mavzusidagi tadbir yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hamda saylov to‘g‘risidagi bilimlarini yanada oshirish, saylov va saylovoldi jarayonlari, fuqarolarning saylovda ishtirok etish tartiblari yuzasidan fikr almashildi.

 

Tadbir doirasida “Kamalak” bolalar o‘quv markazi hamda Farg‘ona politexnika institutida yoshlarning “Obod yurt farzandlari”, “Ma’rifatli yoshlar asri” mavzularidagi taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

 

Forum taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi.

 

Saylovlarni yoritish bo’yicha

Farg’ona viloyat matbuot markazi

7187

05Noyabr 2014



Dolzarb mavzular