Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Sayt haqida

Hurmatli saytdan foydalanuvchilar!

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining sayti (http://www.elections.uz) – O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy internet manbasidir.


Saytda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyati, u tomonidan tashkil qilingan va o’tkazilgan tadbirlar, saylov va referendum haqidagi axborot va materiallar joylashtiriladi.


Sayt (http://www.elections.uz) bilan bog’liq axborot resursi, basharti qonun hujjatlarida boshqa qoidalar belgilangan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi. Joylashtiriladigan axborotdan tijorat maqsadida foydalanish mumkin emas. Rasmiy sayt ma’lumotlari foydalanish uchun ochiq axborotlardan iborat. U “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq maxfiy va himoya qilinishi lozim bo’lgan axborot sifatida ko’rilmaydi. 


Boshqa saytlarga joylashtirilgan axborot ishonchliligi uchun Markaziy saylov komissiyasi javobgar bo’lmaydi.


Sayt axborotidan foydalanish haqida


http://www.elections.uz saytida joylashtirilgan axborotdan nusxa ko’chirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida sayt axborot bo’limlaridagi u yoki bu ma’lumotlarni keltirishga faqat manbani (elektron OAVda tegishli internet sahifasini) ko’rsatgan taqdirda yo’l qo’yiladi.


“Qonunchilik” va “Hujjatlar” bo’limlari axborotlarining maqomi


Markaziy saylov komissiyasining rasmiy internet-saytining “Qonunchilik” va “Hujjatlar” bo’limlari saytdan foydalanuvchilarning O’zbekiston Respublikasi saylov tizimi va saylov jarayonini tashkil qilish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridan foydalanishini tashkil qilish uchun mo’ljallangan, ma’lumot xususiyatiga ega va axborot vazifasini bajaradi.


Shunga ham e’tiboringizni jalb qilamizki, O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi  Qonunining 29-moddasiga muvofiq “Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi”, “O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami”, “Xalq so’zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini e’lon qilishning rasmiy manbalari hisoblanadi.


«O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Axborotnomasi» - «Vestnik Tsentralnoy izbiratelnoy komissii Respubliki Uzbekistan» jurnali O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarorlarini e’lon qilishning rasmiy manbasi hisoblanadi.


Texnik ma’lumotlar


URL: http://www.elections.uz


Saytni to’laqonli ko’rib chiqish uchun quyidagi ilovalardan foydalanish lozim –6.0 va undan yuqori browser Microsoft Internet Explorer, 1.5 va undan yuqori Mozilla Firefox, 9.0 va undan yuqori Opera va b..


Rasmiy sayta kenglik bo’yicha kompyuteringizda o’rnatilgan monitor ekrani ko’rsatkichlariga qarab avtomatik tarzda o’z miqyosini oladi. Saytni ko’rib chiqish uchun ekranning maksimal ko’rsatkichi - 1024x768 piksel.


Ushbu sayt mobil versiyasiga ega: m.elections.uz. Shuningdek, ko’rish qobiliyati zaiflashgan shaxslar uchun rejimidan ham foydalanish mumkin.




Dolzarb mavzular